“INTELLEKTUAL MULK ASOSLARI” malaka oshirish navbatdagi kursi tashkil etildi

Joriy yil 20 maydan 18 iyungacha Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta o'qitish va ularning malakasini oshirish o'quv markazida navbatdagi “INTELLEKTUAL MULK ASOSLARI” malaka oshirish kursi (rus tilida) tashkil etildi.

O'quv kursida intellektual mulk sohasidagi qonunchilik, ixtiro va foydali modellar, tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarining O'zbekiston Respublikasidagi huquqiy muhofazasi, talabnomalarni rasmiylashtirish, patentning mohiyati va patent tizimining vazifalari kabi mavzular yoritildi.

O‘quv kursida ilmiy tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari, savdo-sanoat palatasi, ishlab chiqarish korxonalari vakillari o‘z malakalarini oshirdilar. Ushbu kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan 12 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

__________