“INTELLEKTUAL MULK ASOSLARI” malaka oshirish kurslari

Joriy yil 20 maydan Intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta o'qitish va ularning malakasini oshirish o'quv markazi DUK"IP-CENTER"da navbatdagi “INTELLEKTUAL MULK ASOSLARI” malaka oshirish kursi (rus tilida) boshlanishini ma'lum qilamiz.

O'quv kursi intellektual mulk sohasidagi qonunchilik, ixtiro va foydali modellar, tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilarining O'zbekiston Respublikasidagi huquqiy muhofazasi, talabnomalarni rasmiylashtirish, patentning mohiyati va patent tizimining vazifalari kabi mavzularni o'z ichiga oladi. Mazkur o'quv kursi shartnoma asosida olib boriladi. Mashg'ulotlar bir oy davom etadi (144 soat).



O'quv bo'limi bilan bog'lanish

TEL: + (998) 71-232-50-48

FAKS: + (998) 71-232-50-48

Е-mail: f.ergasheva@ima.uz , ipcenter@ima.uz