"Mualliflik huquqlarini himoya qilishning qonuniy asoslari" mavzusida davra suhbati


Joriy yilning 21 iyun kuni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Matbuot va axborot agentligi, Moliya vazirligi hamda Intellektual mulk agentligi mutaxassislari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan "Ijodkorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilish, mulk shaklidan qat'i nazar, barcha ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron OAV, nashriyotlar tomonidan mualliflik haqi (gonorari) to'lashni qonuniy asosda ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi"ning bajarilishi yuzasidan uyushma binosida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida mualliflik haqi va unga doir boshqa to'lovlar miqdorini belgilovchi idoraviy hujjatlarga qo'yiladigan talablar, Yozuvchilar uyushmasi a'zolarining asarlaridan foydalanganlik uchun mualliflik haqlarini yig'ish mexanizmlarini takomillashtirish va haqlarni to'lash holatlari monitoringini tashkil etish bo'yicha elektron tizimlardan foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi. Tadbir yakunida ishtirokchilar O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida qabul qilingan qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan muhim yo'nalishlarni belgilab oldilar.

Manba