Navbatdagi seminar Navoiy viloyatida o’tkazildi

30.10.2019

2019 yil 30 oktabr kuni Navoiy viloyatlarida adliya boshqarmasi katta majlislar zalida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda hududiy adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda "Intellektual mulk muhofazasi va himoyasi" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda Intellektual mulk agentligi va agentlik qoshidagi Intellektual mulk konsultativ markazi mutaxassislari tomonidan mavzuga oid ma'ruzalar va prezentasiyalar qilindi.

Seminarda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi mas'ul xodimlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, matbuat hodimlari, hududiy telekanal muhbirlari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jami 60 nafar ishtirokchi qatnashdilar.

Seminar davomida jamiyatda intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tushunchalar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi aholi o'rtasida intellektual mulk ob'ektlariga nisbatan hurmat hissini oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda ushbu sohani takomillashtirishga mas'ul bo'lgan davlat organlarining o'rni va roli haqida ma'lumot berishga qaratildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqini muhofaza qilish bo'yicha vakolatli davlat organlari hamda boshqa sub'ektlarning huquq va majburiyatlari bo'yicha masalalar muhokama qilindi.

Tadbir so'ngida Intellektual mulk agentligi tomonidan ishtirokchilarga intellektual mulk sohasidagi tarqatma materiallar, bukletlar tarqatildi.

_