Buxoro viloyatida Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda "Intellektual mulk muhofazasi" mavzusida seminar

28.11.2019

Joriy yilning 28 noyabr kuni Buxoro viloyatida adliya boshqarmasi tomonidan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi xodimlari bilan hamkorlikda “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv seminarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining viloyatdagi hududiy bo‘linmalari, tadbirkorlik sub’ektlari, oliy ta’lim muassasalari, yirik sanoat korxonalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan soha faoliyati bo‘yicha berilgan savollarga Intellektual mulk agentligi qoshidagi "Intellektual mulk konsultativ markazi" mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda javoblar berildi.

Tadbir so'ngida Intellektual mulk agentligi tomonidan ishtirokchilarga intellektual mulk sohasidagi tarqatma materiallar, bukletlar tarqatildi. Seminar qizg'in savol-javoblar asosida, konstruktiv

_