TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSIYALARNI QO'LLAB-QUVVATLASH MARKAZI

______________________________________________________________________________________

Texnologiya va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlari (TIQQM) rivojlanayotgan mamlakatlarda yuqori sifatdagi texnik ma'lumotlardan joylarda foydalanishni ta'minlashga mo'ljallangan

Sanoat mulkini himoyalash bo\yicha milliy va xududiy organlar bilan hamkorlik doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti TIQQM samarali faoliyatini tashkil qilishda quyidagi yordamni ko'rsatadi:

  • patent ma'lumotlari bazalari va boshqa ilmiy-texnikaviy manbalardan foydalanish engillashtirish;

  • masofaviy o'qitish orqali joylardagi foydalanuvchilarni tayyorlash;

  • ma'lumot va o'quv materiallarini taqdim etish; xabardorlikni oshirish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirishda qo'maklashish;

  • TIQQM o'rtasida ilg'or amaliyotni tarqatish va tajriba almashish.

  • ХIZMATLAR

    Joylardagi malakali xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan qo'shimcha xizmatlar patent ma'lumotlari, ilmiy-texnikaviy jurnallar, tovar belgilari va sanoat namunalari to'g'risidagi ma'lumotlar kabi zarur texnikaviy va tijorat ma'lumotlar manbalaridan keng va samarali foydalanishga mo'ljallangan.

    Barcha TIQQM tomonidan amalga oshiriladigan asosiy xizmatlar qo'yidagilar:

    patent va nopatent (ilmiy-texnikaviy) manbalardan foydalanish;

    sanoat mulkiga taalluqli nashrlardan foydalanish;

    texnologik ma'lumotlarni qidirish va olishga qo'maklashish;

    Ayrim TIQQM tomonidan amalga oshiriladigan qo'shimcha xizmatlar quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin:

    ma'lumotlar bazalaridan foydalangan holda qidiruv usullarini o'rgatish;

    so'rovnomalar bo'yicha ekspertiza qilish (yangiligi, zamonaviy holati, hamda huquq buzilishi holatlari);

    texnologiyalar va raqobatchilik faoliyati sohasidagi monitoring;

    sanoat mulki to'g'risidagi qonunlar bo'yicha asosiy ma'lumotlar;

    tijoratlashtirish va texnologiyalar marketingi bo'yicha asosiy ma'lumotlar

    O'QITISH

    Butunjahon intellektual mulk tashkiloti sanoat mulki bo'yicha milliy va xududiy idoralar bilan hamkorlikda harakat qilib TIQQM xodimlari va foydalanuvchilarni uzluksiz o'qitishni faol qo'llab-quvvatlaydi. Bunday o'qitishlar quyidagi qo'rinishda amalga oshiriladi:

    oylarda va/yoki xududiy o'quv seminarlari va praktikumlari;

    BIMT Akademiyasi kurslari, xususan, masofaviy o'qitish kurslari;

    Elektron o'qitish bo'yicha qo'llanma (2012 yildan).

    Intellektual mulk agentligi tashkil etgan Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazlari

    Murojaat uchun Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazlari

    «Intellektual konsultativ markazi» («IP consulting» DUK) davlat unitar korxonasi

    Manzil: 100000 Toshkent sh., M.Ulug'bek tum., Mustaqillik shoh ko'chasi, 59 uy

    TEL: + (998 71) 232-50-48

    FAKS: + (998 71) 232-50-48

    Е-mail: center@ima.uz

    Metro: Xamid Olimjon bekati | Avtobuslar: № 14,17,24,58,98, Darxon bekati

    Ish vaqti: Dushanba – juma 9:00 - 18:00

    Tushlik: 13:00 - 14:00 | shanba, yakshanba dam olish kunlari