Jigar fibrozining faollik darajasini tezkor baholash dasturi yaratildi

26.01.2022

Dastur surunkali virusli gepatit C bilan og‘rigan bemorlarda jigar fibrozining faollik darajasini tezkor baholash uchun mo‘ljallangan.

Virusli gepatit – oʼtkir yuqumli kasallik, jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʼayishi, peshobning toʼq sariq yoki oqimtir tusga kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi.

Аksariyat hollarda virusli gepatit C qon orqali yuqadi. Bundan tashqari, zararlanish kundalik hayot tarzida ham sodir boʼlishi mumkin. Masalan, manikyurda ishlatilgan asboblarni yetarlicha sterillamaslik noxush holatni kelib chiqishiga sabab boʼlishi ehtimoli yuqori.

Dastur qonning laboratoriya ko‘rsatkichlari, kulrang shkalali ultratovush tekshiruvlari, Doppler tekshiruvi hamda jigarning surilma to‘lqinli elastografiyasi ma’lumotlari asosida ekspress rejimda jigar fibrozi darajasini aniqlashga mo’ljallangan.

Bundan tashqari dastur kasallikning kechishini prognoz qilish, optimal davolash taktikasini tanlash imkonini beradi.

Dastur mualliflariga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 12881 raqamli guvohnoma berildi.

_