Navbatdagi texnologiyalar va innovatsiyalar qo‘llab-quvvatlash markazi O’zbekiston milliy universitetida tashkil etildi.

2019 yil 11-oktyabr kuni M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi delegatsiyasi va universitet rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini tuzish masalasi muhokama qilindi. Delegatsiya tashrifi doirasida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati va «Intellektual mulk consultativ markazi” hamda M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida 18/ЦПТИ-sonli Bitim imzolandi.

__________