"Rasmiy axborotnoma" byulletenining 2018 yil 6-soni nashrdan chiqdi

"Rasmiy axborotnoma" ning 2018 yil 6-sonida quyidagi ma'lumotlar: - 48 ta ixtirolarga talabnomalar haqidagi; - Davlat reestrida ro`yxatdan o`tkazilgan 349 ta intellektual mulk ob'ektlari, jumladan, 25 ta ixtirolar, 5 ta foydali modellar, 8 ta sanoat namunalari, 186 ta tovar belgilari, 122 ta EHM uchun dasturlar, seleksiya bo`limda o`simlik navlari va hayvonlar zotlariga O`zbekiston Respublikasi patentini berish uchun qabul qilingan 1 ta talabnoma, o`simlik navlari va hayvonlar zotlariga seleksiya yutuqlarining nomlariga 1 ta talabnoma, o`simliklar navlari va hayvonlar zotlarining Davlat reestrlari ro`yxatidan o`tkazilgan 1 ta o`simliklar navlari haqidagi ma'lumotlar nashr qilindi.


- tovar belgilari bo`yicha 16 ta litsenziya shartnomalari;

- tovar belgilari bo`yicha 9 ta huquqlarni boshqa shaxsga o`tkazish to`g`risidagi ma'lumotlar nashr qilindi.