Akademik S.YU. Yunusov nomidagi O’simliklar moddalari kimiyosi institutida navbatdagi seminar o’tkazildi.

30.09.2019

2019-yil 30-sentyabr kuni joriy yilda TIQQMda utkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning tasdiqlangan reja-jadvali asosida O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Akademik S.YU. Yunusov nomidagi O’simliklar moddalari kimiyosi institutida seminar o'tkazdi.

Seminarda institutning TIQQM va ilmiy xodimlari hamda yosh olimlari ishtirok etdi.

Seminarda Intellektual mulk agentliging vakillari tomonidan intellektual mulkning patentga layoqatliligi, talabnomalar mazmuni va ularni topshirish tartibi, IMOga huquqiy muhofazani ta'minlash shartlari to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

_