Namangan muhandislik-texnologiya institutida navbatdagi seminar o’tkazildi.

04.03.2021

2021-yil 4-mart kuni joriy yilda TIQQMda utkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning tasdiqlangan reja-jadvali asosida Namangan muhandislik-texnologiya institutida seminar o'tkazdi.

Seminarda institutning prorektori Qayumov Ma’rufjon Usmanovich, TIQQM va ilmiy xodimlari, yosh olimlari hamda institutni professor-uqituvchilar tarkibi ishtirok etdi.

Seminarda Intellektual mulk agentliging vakillari tomonidan intellektual mulkning ob’ektlariga talabnomalar to’gri to’ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, IMOga tasnif, referat, formula va chizmalar tayorlash talablari to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

_