Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazida navbatdagi seminar o’tkazildi.

17.03.2021

2021-yil 17-mart kuni Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi xuzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligi “ Intellektual mulk konsultativ markazi” ning Texnalogiya va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi bilan birgalikda 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan Tarmoqli reja jadvali asosida navbatdagi seminar o’tkazildi.

Seminar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari, professor Ataxonov Shuhrat Ergashivich, o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, professor Kasimova Muniraxon Sodiqjanovna va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk konsultativ markazi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig’i Raxmonov Sunnatulla Ablayarovich ochib berdilar.

Seminarda ilmiy xodimlar, yosh olimlar hamda markazda faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar faol ishtirok etdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qarori mazmun-mohiyati hamda intellektual mulkning obektlariga talabnomalarni to’g’ri to’ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, IMOga tasnif, referat, formula va chizmalar tayyorlash talablari to’g’risida ma’ruz qilindi.

Tadbir yakunida taqdimotdan olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi. Ishtirokchilar kelgusida seminar va mahorat darslarini birgalikda o’tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_