Jizzax politexnika instituti huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazida navbatdagi seminar o’tkazildi.

30.03.2021

2021-yil 29-mart kuni Jizzax politexnika instituti xuzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligi “Intellektual mulk konsultativ markazi”ning Texnalogiya va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi bilan birgalikda 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan Tarmoqli reja-jadvali asosida navbatdagi seminar o’tkazildi.

Seminar institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha rektor o’rinbosari Tavboev Sirojiddin Axbutaevich ochib berdilar.

Seminarda Jizzax politexnika instituti ilmiy xodimlari ва professor-o’qituvchilar faol ishtirok etdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qarori mazmun-mohiyati hamda intellektual mulkning obektlariga talabnomalarni to’g’ri to’ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, IMOga tasnif, referat, formula va chizmalar tayyorlash talablari to’g’risida ma’ruza qilindi.

Tadbir yakunida taqdimotdan olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi. Ishtirokchilar kelgusida seminar va mahorat darslarini birgalikda o’tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_