Tarmoqli jadval-reja doirasida navbatdagi seminar o’tkazildi.

22.04.2021

2021 yil 22 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan Tarmoqli reja jadvali asosida navbatdagi seminar o’tkazildi.

Seminarda Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha rektor o’rinbosari Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, ilmiy xodimlar, yosh olimlar hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qarori mazmun-mohiyati hamda intellektual mulkning obektlariga talabnomalarni to’g’ri to’ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, IMOga tasnif, referat, formula va chizmalar tayyorlash talablari to’g’risida ma’ruz qilindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar yanada ko’proq tushunchaga ega bo’lishlari uchun, intellektual mulk to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bukletlar va materiallar tarqatildi.

_