Urganch Davlat Universitetida navbatdagi seminar o’tkazildi

29.04.2021

2021-yil 29-aprel kuni TIQQMda o’tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning tasdiqlangan reja-jadvali asosida Urganch davlat universitetida, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi xodimlari tomonidan navbatdagi seminar o'tkazildi. Mazkur seminar karantin talablariga ko’ra online tarzda ZOOM dasturidan foydalangan holda tashkil etildi. Online seminarda universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Ibragimov Zafar Shavkatovich, professor-o’qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qarori mazmun-mohiyati hamda intellektual mulkning obektlariga talabnomalarni to’g’ri to’ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, IMOga tasnif, referat, formula va chizmalar tayyorlash talablari to’g’risida Intellektual mulk konsultativ markazi bo’lim boshlig’i F.T.Ergasheva ma’ruza qildi.

Online seminar ishtirokchilariga mavzuga oid rasmiy axborotnomani Intellektual mulk agentligining rasmiy web saytidan yuklab olishlari mumkunligi aytib o’tildi.

Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kelgusida seminar, mahorat darslarini birgalikda o’tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_