Tarmoqli jadval-reja doirasida navbatdagi seminar o’tkazildi

29.04.2021

2021 yil 29 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Qoraqalpog’iston Davlat universitetida 2021 yil TIQQMda o’tkazilishi rejalashtirilgan tarmoqli reja jadvali asosida navbatdagi seminar o’tkazildi. Yurtimizda olib borilayotgan karantin qoidalariga amalga qilgan holda bu tadbir online tarzda ZOOM dasturidan foydalanilgan holda tashkil etildi. Online seminarda universitet o’qituvchi va doktarantlari, ilmiy xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qarori mazmun-mohiyati hamda intellektual mulkning obektlariga talabnomalarni to’g’ri to’ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, IMOga tasnif, referat, formula va chizmalar tayyorlash talablarito’g’risida Intellektual mulk konsultativ markazi bo’lim boshlig’i F.T.Ergasheva ma’ruz qildi.

Seminar ishtirokchilariga mavzuga oid rasmiy axborotnomani Intellektual mulk agentligining rasmiy web saytidan PDF formatini yuklab olishlari mumkunligi aytib o’tildi.

Kelgusi tarmoqli reja jadvali doirasida o’tkaziladigan seminar karantin qoidalari yengillashtirilgandan so’ng joylarga borib o’tkazilishi aytib o’tildi va ishtirokchilar ham seminar, mahorat darslarini birgalikda o’tkazish istagini bildirishdi.

_