Andijon Davlat Universitetida navbatdagi seminar o’tkazildi

06.09.2021

2021-yil 6-sentabr kuni O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan tarmoqli reja-jadvali doirasida Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida “Patent bazalari” va “Patent-axborot qidiruvi” mavzusida seminar o'tkazildi.

Seminarda Andijon davlat universitetining professor-o’qituvchilari va yosh olimlari ishtirok etdilar.

Seminarda “Patent bazalaridan foydalanish” va “Patent-axborot qidiruv tizimi” to'g'risida ma'ruza qilindi.

Shuningdek seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi. Seminar yakunida olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar tarqatildi.

_