Farg’ona politexnika institutida ilk seminar o’tkazildi

09.09.2021

Joriy yilning 9-sentyabr kuni O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Farg’ona politexnika institutida “O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk obektlarini muhofazalashda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazining roli va Intellektual mulk sohasidagi yangliklar” mavzusida birinchi seminar o’tkazildi.

Seminarni institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Xamroqulov Zohidbek Abdusamadovich ochib berdi.

Seminarning asosiy e'tibori intellektual mulk ob’ektlariga nisbatan hurmat hissini oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda ushbu yo'nalishda TIQQM o’rni va roli haqida, shuningdek sohasiga oid yangiliklar bo’yicha ma’lumot berishga qaratildi.

Seminarda instituti ilmiy xodimlari, yosh olimlar, oily ta’lim doktarant va magistrlari hamda professor-o’qituvchilar faol ishtirok etdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar yanada ko’proq tushunchaga ega bo’lishlari uchun, intellektual mulk to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bukletlar va materiallar tarqatildi.

_