Samarqand davlat universitetida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab–quvvattlash markazi tashkil etildi

17.11.2021

2021 yil 17 noyabr kyni Samarqand davlat universitetida O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislarining universitet rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet huzurida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini (TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati imzolandi. Shuningdek, Agentlikning Intellektual mulk konsultativ markazi hamda Samarqand davlat universiteti o‘rtasida 27/ TIQQM-sonli hamkorlik bitim imzolandi.

Shu kuni O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida universitetda “O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk obektlarini muhofazalashda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazining roli va Intellektual mulk sohasidagi yangliklar” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarning asosiy e'tibor intellektual mulk obektlariga nisbatan hurmat hissini oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda ushbu yo'nalishda TIQQM o’rni va roli haqida, shuningdek sohasiga oid yangiliklar bo’yicha ma’lumot berishga qaratildi.

_