Buxoro davlat universitetida navbatdagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab –quvvattlash markazi tashkil etildi

18.11.2021

2021 yil 18 noyabr kuni Buxoro davlat universitetida O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida universitet rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini(TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati imzolandi. Shuningdek, «Intellektual mulk konsultativ markazi” hamda Buxoro davlat universiteti o‘rtasida 28/TIQQM-sonli hamkorlik bitim imzolandi.

Shu kuni O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida universitetda “O’zbekiston Respublikasida intellektual mulk obektlarini muhofazalashda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazining roli va Intellektual mulk sohasidagi yangliklar” mavzusida seminar o’tkazildi.

_