Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab –quvvattlash markazi bilan ilk bor seminar utkazildi

19.11.2021

2021 yil 19 noyabr kuni Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shu kuni «Intellektual mulk konsultativ markazi” hamda Termiz davlat universiteti o‘rtasida imzolangan 28/TIQQM-sonli hamkorlik bitimi doirasida universitetda “O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk obektlarini muhofazalashda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvatlash markazining roli va Intellektual mulk sohasidagi yangliklar” mavzusida ilk bor seminar trening o’tkazildi.

Seminarda universitet ilmiy xodimlar, yosh olimlar hamda muassasada faoliyat ko’rsatayotgan professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdi.

Tadbir yakunida taqdimotdan olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi. Ishtirokchilar kelgusida seminar va mahorat darslarini birgalikda o‘tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_