Tasdiqlangan Tarmoqli reja-jadval doirasida TIQQMda navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.

30.11.2021

2021-yil 30 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Guliston davlat universiteti, Samarqand veterinariya medisinasi, Buxoro muxandislik texnologiyalar va Buxoro davlat tibbiyot institutlari hamda “Navoi” EIX Direksiyasi huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvatlash markazi bilan birgalikda 2021 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tarmoqli reja-jadvali asosida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Mazkur seminar karantin talablariga ko‘ra online tarzda ZOOM dasturidan foydalangan holda tashkil etildi.

Online seminarda taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi. Seminar mavzusini Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “Sanoat namunalari” bo‘lim boshlig‘i O‘rinboyev A.J yoritib berdi.

Seminarda maxsus patent bazalari, patent-axborot qidiruv tizimidan qay tartibda foydalana olishlari to‘g‘risida hamda xorjiy mamlakat patent bazalari haqida ma’ruza qilindi. professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kelgusida seminar, mahorat darslarini birgalikda o‘tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_