Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari Global anjumani bo‘lib o‘tdi

1.12.2021

2021 yil 29 noyabrdan 1 dekabrgacha Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va Xitoy xalq respublikasi Milliy intellektual mulk idorasi hamkorligida tashkil etilgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining global anjumani videokonferentsiya formatida bo‘lib o‘tdi. Videokonferentsiyada respublikamizda tashkil etilgan TIQQM mas’ul xodimlari ishtirok etishdi

Ushbu videokonferentsiyani BIMTning Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi direktori janob Endryu Chaykovskiy tomonidan boshqarildi.

TIQQM Global anjumanini Xitoy Xalq Respublikasi Milliy Intellektual mulk boshqarmasi rahbari janob Chanyuy Shen va BIMT Bosh direktori janob Daren Tang kirish so‘zlaridan so‘ng “Dunyoda TIQQM” videofilmi namoyish etildi.

Аnjumanda “Mahalliy darajada texnologiyalarni aniqlash va ulardan foydalanish”, “Global texnologiya marketingi” va TIQQM milliy tarmoqlarini boshqarish va qo‘llab-quvvatlash mavzusi taqdimotlar qildi.

Shuningdek, Hindiston va Xitoy kompaniyalari mutaxassislarining yuqoridagi davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda mahalliy jamiyatlarda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llashning zarur shart-sharoitlari bo‘yicha maʼruzalari tinglandi, turli mamlakatlarda mahalliy darajada texnologiyalarni qidirish va ulardan samarali foydalanish misollari bilan ekspertlar muhokamasi o‘tkazildi.

Аnjumanning ikkinchi kuni TIQQMlar qanday qilib dunyo bo‘ylab turli jamoalarga texnologiyalarni o‘tkazishlarini osonlashtirishi mumkinligi muhokama qilindi.

Аnjumanning uchinchi kunida ishtirokchilar o‘z davlatlarida intellektual mulk siyosatini ishlab chiqishda foydali bo‘ladigan materiallar va xizmatlar bilan tanishdilar.

O‘z nutqida XXR Departamenti direktori o‘rinbosari Syue Dunpin XXRda TIQQM ochish loyihasi bilan tanishtirdi va Xitoy patent maʼlumotlari bilan ishlash uchun materiallar va vositalar haqida umumiy maʼlumot berib, bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi

Ushbu anjumanning yakunida BIMTning TIQQM rivojlantirish bo‘limi rahbari janob Аleks Rixel boshchiligida davra suhbati formatida ekspert muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar muhokamasi davomida har bir davlatdagi TIQQM faoliyati natijalari to‘gʼrisidagi maʼlumotlar taqdim etilgandan so‘ng ishtirokchilar TIQQM tarmoqlarini yanada rivojlantirish uchun milliy va xalqaro tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha o‘z tajribalari va olib borilayotgan tajriba almashinuv usullari bilan o‘rtoqlashdilar.

Аnjumanda maʼruzachilar TIQQMning biznes bilan o‘zaro hamkorligi, intellektual mulk obyektlariga investitsiyalarni jalb qilish, TIQQMning hududlardagi tadbirkorlik jamiyatlari bilan interaktiv o‘zaro hamkorligi, TIQQM faoliyatining barqarorligi uchun shart-sharoitlarni taʼminlash masalalariga to‘xtalib o‘tdilar.

Mazkur tadbirda ishtirok etish Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining universitetlar, kichik va o‘rta biznes, boshqa innovatsion tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorligini turli mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, ularning intellektual mulkni rivojlantirishdagi rolini o‘rganish imkonini berdi, ijtimoiy muammolarga texnik yechimlarni topish uchun patent tahlilidan foydalanish muximligi tasdiqlandi.

_