Andijon, Namangan va Farg‘ona ta’lim muassasalarida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi

01.03.2022

2022 yil 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2021 — 2023 yillarga mo‘ljallangan amaliy ishlar ijrosi yuzasidan Dasturining 15.3 bandini hududlarda sohaviy “fan - ta’lim - ishlab chiqarish” integratsiyalashuvini ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, ta’lim va ilm yoshlariga maxsus axborotlar bazasi, boshqa axborot resurslardan foydalanishni o‘rgatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Andijon davlat tibbiyot instituti, Namangan muxandislik-texnologiya instituti, hamda Farg‘ona va Andijon davlat universitetlari bilan birgalikda 2022 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tarmoqli reja-jadvali asosida “Sanoat namunasini huquqiy muhofaza qilish tartibi” va “EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi” mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Mazkur seminar onlayn tarzda ZOOM dasturidan foydalangan holda tashkil etildi.

Onlayn seminarda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi. Seminar mavzusini Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “Sanoat namunalari” bo‘lim boshlig‘i O‘rinboyev A.J. yoritib berdi.

Seminarda Sanoat namunasi va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalariga talabnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, ariza, referat, listing, tavsif, chizma tayyorlash talablari to‘g‘risida batafsil ma’ruza qilindi.

Seminar yakunida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kelgusida intellektual mulk sohasiga tegishli boshqa mavzular bo‘yicha ham seminar, mahorat darslarini birgalikda o‘tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_