TIQQMning intellektual mulk sohasi boʻyicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar oʻtkazildi

18.10.2022

Joriy yilning 17–18-oktyabr kunlari O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutlarida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari ko‘makligida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyaitni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S. Raxmanov "Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash", Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I. Abduqodirov "Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni", Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘limi bosh maslaxatchisi B. Abbasov “Seleksiya yutuqlari muhofazasi” mavzusida ma’ruzalar bilan chiqishdi.

_