"Navoiy" Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi huzuridagi TIQQMda navbatdagi seminar trening o‘tkazildi

01.12.2022

Joriy yilning 1-dekabr kuni "Navoiy" Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab quvvatlash markazida "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi xodimlari ko‘magida markaz xodimlarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatini jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar trening o‘tkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘limi bosh maslahatchisi B.Abbasov "O‘z faoliyatingizni intellektual mulk bilan muhofaza qiling" mavzusida sohaga oid intellektual mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’ruzalar bilan chiqishdi.

_