TIQQM vakillarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv kurslar yakunlandi

25.01.2023

Joriy yilning 16–25-yanvar kunlari davomida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi mutaxassislari tomonidan oliy ta’lim muassalarida yangi tashkil etilib faoliyat yuritayotgan TIQQM vakillarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv kursi tinglovchilari uchun intellektual mulk sohasi, intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish mavzularida tajribali mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar o‘qildi.

Sakkiz kun davom etgan mazkur o‘quv kurslari tinglovchilarning intellektual mulk sohasiga, jumladan intellektual mulkni yaratish va muhofaza qilish asoslari, bu sohadagi xorij amaliyotiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.

O’quv kursi yakunida tinglovchilar o‘quv dasturi bo‘yicha yakuniy sinovdan o‘tkazildi hamda o‘quv dasturini tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikalar topshirildi.

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda bunday o‘quv kurslarning tashkillashtirilishi kelgusida intellektual mulk sohasidagi salohiyatning yuksalishida hamda intellektual mulk ob’ektlari muhofazasini to‘laqonli ta’minlanishida muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

_