Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi oʻquv seminar treningi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʻtkazish yuzasidan 2023-yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 17-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM xodimlari koʻmakligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi boʻyicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Andijon davlat tibbiyot institutida navbatdagi oʻquv seminar treningi oʻtkazildi.

Seminarni oʻtkazish mobaynida maʼruzachilarimiz tomonidan intellektual mulk sohasiga oid masalalar atroflicha yoritildi. Va shuni ham takidlash joizki, seminarda “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi” va “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida maʼruzalar qilindi. Seminar mavzusini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash boʻlim boshligʻi S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar boʻlim boshligʻi I.Abduqodirov yoritib berdilar.

Seminarda taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Albatta yurtimizning koʻplab xududlarida olib borilayotgan bunday ilmiy anjuman va seminarlar unda ishtirok etgangan insonlarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirmasdan qolmaydi.