Toshkent moliya instituti qoshidagi akademik litseyda “Kontrafakt mahsulotlarga toqatsiz boʻling!” mavzusida oʻquvchilar bilan profilaktik targʻibot uchrashuvi tashkil qilindi.

Respublikamizda 15-fevraldan 15-martga qadar davom etayotgan “Kontrafaktsiz oy” targʻibot oyligi doirasidaBojxona qoʻmitasi Matbuot xizmati tomonidan Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti bilan hamkorlikda Toshkent moliya instituti qoshidagi akademik litseyda “Kontrafakt mahsulotlarga toqatsiz boʻling!” mavzusida oʻquvchilar bilan profilaktik targʻibot uchrashuvi tashkil qilindi.

Tadbir doirasida mavzu yuzasidan qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi, maxsus videoroliklar va kontrafakt tovarlardan namunalar namoyish qilindi.

Uchrashuvda kontrafakt mahsulotlar boʻyicha intellektual savol-javoblar oʻtkazilib, eng faol oʻquvchilar kitoblar bilan taqdirlandi.