Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida barcha DXMlar vakillari ishtirokida intellektual mulk obyekti tovar belgisining muhofazasi uchun topshiriladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha seminar mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining 2023 yil I va II choraklarga (I yarim yillikka) mo‘ljallangan ish rejasining 2 – bandida DXM mutaxassislari uchun intellektual mulk obyekti tovar belgisining muhofazasi uchun topshiriladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha seminar mashg‘ulotlar tashkillashtirish belgilangan bo‘lib ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov va tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari bo‘lim boshlig‘i S.Abdullayevlar 2023-yil 27-fevral kuni Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlariga xizmat safariga borishdi va viloyatlarda mavjud barcha DXMlar vakillari ishtirokida intellektual mulk obyekti tovar belgisining muhofazasi uchun topshiriladigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha seminar mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.

Intellektual mulk sohasini rivojlantirish hamda aholi va tadbirkorlar o‘rtasida soha bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish maqsadida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi rahbariyatining viloyatlarda sayyor qabullarni tashkil etish yuzasidan 2023-yil I-yarim yili uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining 1-bandida muassasaga mintaqaviy brendlarni rivojlantirish va huquqiy muhofaza qilinishi yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish vazifasi yuklatilgan bo‘lib ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov va tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari bo‘lim boshlig‘i S.Abdullayevlar 2023-yil 27-fevral kuni Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlariga xizmat safariga borishdi.

Xizmat safari davomida Muassasa xodimlari mintaqaviy brendlarni rivojlantirish va huquqiy muhofaza qilinishi yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazishdi.