Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va “Kontrafaktsiz oy” doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va Toshkent to’qimachilik va yengil sanoati instituti o’qituvchi, doktarant, tadqiqotchi va magistarntlariga seminar trening oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-son qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk muhofazasini mustahkamlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirliga bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarafidan ishlab chiqilgan chora-tadbir doirasida intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi va “Kontrafaktsiz oy” doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va Toshkent to’qimachilik va yengil sanoati instituti o’qituvchi, doktarant, tadqiqotchi va magistarntlariga seminar trening oʻtkazildi.

Seminarda Intellaktual mulk markazi va Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi ma’sul xodimlari “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Sanoat namunasi, EHM va Ma’lumotlar bazasi”, “Tovar belgisi”, “Mualliflik huquqi obyektlarining muxofazasi” “Kontrafaktsiz oy” mavzularida maʼruzalar qildilar.

Seminar davomida milliy va xorijiy patent bazalar bilan ishlash boyicha seminar ishtirokchilarining tanlagan mavzulari bo’yicha patent ma’lumotlarini qidirish “Master-Class” o’tkazildi.

O’tkazilgan seminar treyning samarali, savollarga to’la va intellektual mulk ob’ektlariga katta qiziqish bilan o’tdi.