Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetlarida navbatdagi oʻquv seminar-treninglar oʻtkazildi.

13.03.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan 2023-yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 13-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetlarida navbatdagi oʻquv seminar-treninglar oʻtkazildi.

Seminarlarda Intellektual mulk markazining Geografik koʻrsatqichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari, EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari boʻlimining bosh maslahatchisi Boburxon Abbasov tomonidan “Seleksiya yutuqlariga huquqiy muhofazasi” hamda “EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari huquqiy muhofazasi” mavzularida maʼruzalar qilindi.

Tadbirlarda taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Albatta yurtimizning koʻplab xududlarida olib borilayotgan bunday seminarlar barcha ishtiroklarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

_