Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq navbatdagi seminar-treniglar o‘tkazildi.

15.03.2023

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obʼetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joylardagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʼtkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fizika-Quyosh» IIChB va Fizika-texnika instituti TIQQMlari hamkorligida yuqoridagi tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun “Raqamli muhitda intellektal mulk huquqlarini muhofaza qilish va xorijda patentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Аxborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshligʼi S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Аbduqodirovlar ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Ixtiro yoki foydali modelga talabnoma topshirishda, shuningdek ekpertiza bosqichida talabnomalar bo‘yicha yozishmalarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchilik muhokama qilindi.

Aytib o‘tish joyizki, albatta, yurtimizning ko‘plab xududlarida olib borilayotgan bunday seminarlar barcha ishtirokchilarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishiga xizmat qiladi.

_