Toshkent shahrining oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-treningi bo‘lib o‘tdi

16.05.2023

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obʼetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joylardagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʼtkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitet va Toshkent davlat texnika universiteti TIQQMlari hamkorligida ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Xorijda patentlash amaliyoti” mavzularida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Аxborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshligʼi S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Аbduqodirov ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish masalalari alohida ko‘rib chiqildi. Ixtiro yoki foydali modelga talabnoma topshirishda, shuningdek elektron shakldagi ariza-blankasini to‘ldirish qoidalari, ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza hujjatlari jamlamasini yuborish shartlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berildi.

_