Namangan davlar universitetida intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

13.02.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 - 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish yuzasidan Namangan davlat universitetida seminar o‘tkazildi. Uchrashuv davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lim boshlig‘i A.Urinbayev, Ish faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i E.Nishonov va Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi J.Qo‘chqarovlar ishtirokida davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida muassasa professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, izlanuvchilar, ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchilarning intellektual salohiyat natijalarini muhofaza qilish, muhofaza hujjati – patent mohiyati va ahamiyati, Markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

_