Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

13.02.2024

Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish, TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatini jonlantirish yuzasidan Namangan muhandislik qurilish institutida "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi rahbariyati ishtirokida ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbir "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘lim boshlig‘I A.Urinbayev, Ish faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i E.Nishonov va Namangan viloyat Adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi J.Qo‘chqarovlar ishtirokida do‘stona tusda davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda TIQQMda amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy davlatlarda ixitro va foydali modellarni patentlash tartibi, sanoat mulki muhofazasi bo‘yicha Parij konvensiyasiga muvofiq xalqaro patent kooperatsiyasi bitimi, hududiy patent tashkilotlari hamda tizimga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Hususan, Markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar berildi. Mazkur masalalar bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari tomonidan berilgan savollarga atroflicha, batafsil javoblar berib o‘tildi.

_