Navbatdagi texnologiyalar va innovatsiyalar qo‘llab-quvvatlash markazi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tashkil etildi.

2019 yil 24-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi delegatsiyasi va institut rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutidada Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini(TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi. Delegatsiya tashrifi doirasida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati va «Intellektual mulk consultativ markazi” hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida 19/ЦПТИ-sonli Bitim imzolandi.

__________