"Intellektual mulk konsultativ markazi"
Davlat unitar korxonasi

Hujjatlarni axborotlashtirish bo'limi

Bo'lim boshlig'i:
Anichkina Natalya Gennadevna




Тел:71 237 50 25
E-mail: anich1999@mail.ru

Vazifalar

-ma‘lumotlarning Patent-axborot qidiruv tizimiga (PAQT) o‘z vaqtida va sifatli kiritilishini ta‘minlash;

- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida ish yuritishga oid kiruvchi va chiquvchi yozishmalarni o‘z vaqtida «Landox» axborot tizimi va PAQTga kiritish va ular bilan ishlash;

- tovar belgilari va sanoat namunalari uchun topshirilgan talabnomalar tarkibidagi matnli ma‘lumotlar, chizmalar tasvirlari, sxemalar, rasmlarni skanerlash, bibliografik ma‘lumotlarning barcha intellektual mulk ob‘ektlari boyicha ma‘lumotlar bazasiga kiritish, matnlarni ajratib olish va taxrirlash, kiruvchi va chiquvchi ma‘lumotlarni joylashtirish boyicha amaliyotlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- talabnomalarni ko‘rib chiqishning turli bosqichlarida tegishli o‘zgartirishlarni ma‘lumotlar bazasiga kiritish.

Majburiyatlar

- ish yuritish tizimidagi elektron hujjatlar aylanmasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Agentlik va "Intellektual mulk bo‘yicha maslahat markazi" Duk bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

- EHMlar uchun dasturlar va malumotlar bazalari b‘oyicha maslahat xizmati ko‘rsatilishini tashkillash;

- Agentlik tomonidan o‘tkaziladigan konferenciyalar va yig‘ilishlarda ishtirok etish;

- "Intellektual mulk bo‘yicha maslahat markazi" DUK faoliyatiga oid hisobotlarni tayyorlashda qatnashish.

__________