"Intellektual mulk konsultativ markazi"
Davlat unitar korxonasi

Bosh yuriskonsult




Тел:71 237 50 48
E-mail: ipcenter@ima.uz

Vazifalari

- Markaz faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ustuvorligini ta‘minlashga oid ishlarni tashkillashtirish;

- Markazning qonunchilikni qo‘llash, borasidagi faoliyatida qonuniy m‘eyorlarga rioya etilishini ta‘minlash;

- Markazda ishlab chiqilgan (qabul qilingan) hujjatlar loyihalarining qonunchilikka mos kelishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- shartnomaviy-huquqiy va da‘vo-shikoyat ishlarini yuritish, Markazning mulkiy va boshqa manfaatlarining ishonchli himoyalanishini ta‘minlash.

Majburiyatlari

- Markaz ishchilarining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishda ishtirok etish, ularga O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan me‘yoriy-huquqiy aktlar haqida ma‘lumotlar etkazish;

- Markaz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan litsenziyalar, ruxsatnomalarni olish uchun talabnomalar, arizalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash;

- Markazda davlat nazorat-tekshiruv idoralari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda tekshiruvchilarning protsessual xatti-harakatlari, tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish va processual hujjatlarni tuzish huquqiy nuqtai-nazardan asoslangan va to‘g‘ri ekanligini nazorat qilish maqsadida korxona manfaatlarini himoyalovchi varil sifatida ishtirok etish;

- Markaz ishchi-xodimlariga huquqiy maslahatlar berish va ularning manfaatlarini himoya qilish.

__________