Farg‘ona vodiysida navbatdagi targ‘ibot tadbirlari.

23.09.2019

O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2019 yil 8 fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4168-son qarorining mazmun-mohyati va intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlash borasida Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tadbirkorlik sub’ektlariga etkazish maqsadida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan joriy yil 16-20 sentyabr kunlari Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Seminarlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4380-sonli Qarorida intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish Agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganli ta’kidlandi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati etkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

_