Deponentlash xizmati ommaviy ofertasi

Mualliflik asarini deponentlash va foydalanish toʼgʼrisida

______ -sonli SHАRTNOMА



Toshkent sh. 202__ y «___ »__________.

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI "INTELLEKTUAL MULK MARKAZI" (bundan buyon - "Bajaruvchi" deb ataladi) nomidan harakat qiluvchi direktor SAGDULLAYEV BAXODIR TAXIROVICH, bir tomondan, va "__________________________" (bundan buyon – "Buyurtmachi" deb ataladi) nomidan harakat qiluvchi direktor ______________________, ikkinchi tomondan, birgalikda “Taraflar”, alohida esa “Taraf” deb ataluvchilar mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:



1. TERMINLАRNI BELGILАSH

Ushbu shartnomada foydalanilgan terminlar quyidagilarni ifodalaydi:

1.1. Asar- nomlanishi – “_________________________________________”

1.2.Аsar ifodalangan moddiy tashuvchi asar deponentlash uchun topshirilganda huquq egasining mulki sifatida uning ixtiyorida qoladi.

1.3.Muallif –ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs.

Talabnoma beruvchi – intellektual faoliyat natijasini deponentlash istagini bildirgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

1.4. Buyurtmachi –Muallif(lar) (Talabnoma beruvchi (lar)ning arizasida ko‘rsatib o‘tilgan “Huquq egasi”.

1.5. Bajaruvchi–Depozitariy.

1.6.Hujjatlar – tavsif, chizmalar, asar yaratilishiga daxldor va undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan qoralama yozuvlar. Hujjatlar asar bilan bir vaqtda topshiriladi.

1.7.Nizom – Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish to‘g‘risidagi nizom.



2. SHАRTNOMА PREDMETI. UMUMIY QOIDАLАR



2.1. Muallif asarini va hujjatlarini topshiradi, Depozitariy esa quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi:

Xizmatlarning nomlanishi

Soni

Narxi

Umumiy qiymati

QQS

QQS bilan hisoblangan umumiy qiymati

Stavkasi % %

Qiymati

Mualliflik huquqi obʼektini deponentlash







JAMI:









2.2. Depozitariy Muallif (Talabnoma beruvchi) tarafidan topshirilgan hamda Depozitariy tarafidan qabul qilib olingan Muallif (Talabnoma beruvchi)ning qog‘ozli va boshqa maʼlumot tashuvchilardagi asari va hujjatlarini (matnda– Muallif materiallari) saqlaydi.

2.3. Depozitariy Muallif materiallarini o‘ziga tegishli qo‘riqlanadigan xonalarda (matnda–Saqlov joyi) deponentlash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati davomida saqlaydi.

2.4. Depozitariy saqlov joyining Muallif materiallarini saqlash uchun yaroqli holatda bo‘lishini kafolatlaydi hamda doimiy ravishda quyidagilarni taʼminlaydi:

- saqlov joyining qo‘riqlanishini;

- ushbu shartnoma talablariga muvofiq saqlov joyiga kirish va Muallif materiallaridan foydalanishni cheklash;

- Muallif tarafidan hujjatlarni taʼriflash formulyariga mos ravishda Depozitariyga topshirilgan va Muallif materiallariga daxldor bo‘lgan har qanday maʼlumotni ro‘yxatga olish va saqlash.



2.5. Ushbu shartnoma 31.12.2023 yilgacha amal qiladi. Shartnoma Muallif (Talabnoma beruvchi) tarafidan materiallar saqlash uchun topshirilgan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.

2.6. Depozitariy Muallif (Talabnoma beruvchi )ga asarni rasmiylashtirish, deponentlash va foydalanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.



2.7. O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 35-moddasiga ko‘ra guvohnoma muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin 70 yil mobaynida amal qiladi. Guvohnoma aslida guvohlik ko‘rsatmalari shaklidagi dalillar taʼminotini ifodalovchi hujjat bo‘lib, unga ko‘ra Depozitariy muayyan to‘lov evaziga materialning haqiqatan mualliflik asari sifatida Muallif(Talabnoma beruvchi) tarafidan taqdim etilganlik faktini tasdiqlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

2.8. Depozitariy materiallarni ro‘yxat bo‘yicha saqlash uchun qabul qiladi. Ro‘yxatning bir nusxasi Depozitariyda qoladi, ikkinchi nusxasi esa Muallifga topshiriladi.

2.9. Muallif iltimosiga ko‘ra Depozitariy agar materiallar talab etilgan tarzda o‘ramga joylangan (o‘ram Depozitariy muhri bilan mahkamlanadi, u va Muallif (Talabnoma beruvchi ) tarafidan imzolanadi) bo‘lsa, materiallarni ro‘yxatsiz qabul qilishi mumkin. Bunday holatlarda Depozitariy o‘ramning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.



2.10. Аsarning mualliflik nusxasini deponentlash uchun Muallif (Talabnoma beruvchi) Depozitariyga asarning aynan bir xil ikkita nusxasini, shuningdek Muallif (Talabnoma beruvchi) tarafidan deponentlash uchun taqdim etilayotgan asarning muallifi ekani ko‘rsatilgan, asarning turi va asar turiga ko‘ra uning hajmi taʼriflangan ikki nusxadagi arizani hamda asarning qisqa annotatsiyasini (tasviriy asarlar uchun) taqdim etadi. Mualliflik asarining har bir nusxasiga Muallif (Talabnoma beruvchi) arizasi ilova qilinadi; har bir nusxada asarni deponentlash sanasi va vaqti qayd etiladi; asarning bir nusxasi Depozitariyda saqlash uchun qoldiriladi, bir nusxasi Muallif (Talabnoma beruvchi)ga topshiriladi.



2.11.Muallif (Talabnoma beruvchi) ushbu Shartnomaning 1.6 bandida ko‘rsatilgan Mualliflik huquqi obektlarini deponentlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom talablariga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.



3. MАXFIYLIK VА MUАLLIF (TALABNOMA BERUVCHI) MАTERIАLLАRIDАN FOYDАLАNISH



3.1. Ushbu Shartnomaning shartlari Muallif (Talabnoma beruvchi ) hamda Depozitariy uchun maxfiy maʼlumot hisoblanadi va oshkor etilishi yoki har qanday uchinchi taraf bilan muhokama etilishi mumkin emas.

3.2. Depozitariy Muallif (Talabnoma beruvchi) materiallarini faqat Muallif tarafidan tayinlangan, Muallif tarafidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomada ko‘rsatilgan vakil(lar)ga berishi mumkin.



4. DEPONENTLАSH VА SАQLАSH UCHUN TOʼLOV



4.1. Muallif (Talabnoma beruvchi) taqdim etgan ma’lumotlar asosida Depozitariy tomonidan xizmatlarning ko‘rsatilishi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 148-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.

4.2.Huquq egasi deponentlash uchun ushbu shartnomaning 2.1 bandiga ko‘ra bitta mualliflik huquqi obyekti uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan 3 BHM +12 % QQS miqdoridagi to‘lovni, shartnoma imzolangan kundan eʼtiboran o‘n bank ish kuni mobaynida 100 % hajmda amalga oshirishi shart.

4.3.Muallif (Talabnoma beruvchi ) materiallarini saqlash uchun xarajatlar deponentlash uchun to‘lovga kiritilgan.

4.4.Deponentlangan material to‘g‘risidagi maʼlumotreyestrda ro‘yxatga olingan keyingi 1 yillik davr uchun “ipcenter.uz” saytida joylashtiriladi.



5.XIZMAT KO‘RSATISH MUDDATI



5.1. Depozitariy tomonidan ushbu shartnoma bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlarni bajarish muddati 10 kun. Depozitariy tomonidan majburiyatlarni bajarish muddatining boshlanishi xizmatlar uchun to‘lovlar, shuningdek xizmatlar ko‘rsatish uchun to‘liq hujjatlar komplekti taqdim etilgan kundan boshlab hisoblanadi.

6. АNTIKORRUPSION ESLАTMА



6.1.Tomonlar shartnoma bo‘yicha o‘z zimmalaridagi majburiyatlarni bajarish davomida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlari talablariga zid keluvchi biron bir xatti-harakatlarni sodir etmaydilar, jumladanO‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”davlat muassasasixodimining o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali pora taklif etish, vaʼda berish, taʼma qilish, to‘lab berish kabi harakatlarni sodir etmaydilar, yaʼni xodimlar moddiy qimmatliklar olish yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishga rozilik bermaydilar. Tomonlar ko‘rsatib o‘tilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini kafolatlaydilar.

6.2.Аgar shartnoma bo‘yicha TomonO‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”davlat muassasasi xodimining ushbu shartnomaga hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan xatti-harakatiga, shu jumladan korrupsion qonunbuzarlikni sodir etishga majburlash holatiga duch kelsa, Tomon quyidagi aloqa kanallaridan biri bo‘yicha bu haqda maʼlum qilishi lozim: O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlatmuassasasining +(99871)232-50-42 raqamli “Ishonch telefoni”ga yoki O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining “1008” raqamli “Call-markaz”iga; Аdliya vazirligining “@anticorbot”Telegram-kanali orqali.



7. TOMONLАRNING JАVOBGАRLIGI

7.1.Depozitariy Muallifning saqlash uchun qabul qilinganmateriallarining yo‘qolgani, kamaygani yoki zararlangani uchun, agar Depozitariy materiallarning yo‘qolishi, kamayishi yoki zararlanishi yengib bo‘lmas kuch oqibatida, yohud Muallif materiallariningbu materiallarni saqlash uchun qabul qilishda o‘ziga maʼlum bo‘lmagan va u bilishga majbur bo‘lmagan xususiyatiga ko‘ra, yohud Muallifning g‘arazli niyati yoki qo‘pol ehtiyotsizligi oqibatida ro‘y berganini isbotlay olmasa, javobgar hisoblanadi.

7.2.Materiallari yo‘qolishi, kamayishi yoki zararlanishi oqibatida Muallifga yetkazilgan zarar Depozitariy tarafidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda qoplab beriladi.

7.3.To‘lovchi tarafidan ushbu Shartnomaning 4.2 kichik bandida belgilangan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish muddati buzilgan taqdirda Depozitariy To‘lovchiga to‘lov kechiktirilgan muddatning har bir kuni uchun to‘lov summasining 0,5 % miqdorida jarima to‘lanishi to‘g‘risida talabnomani taqdim etishga haqli.

7.4.Ushbu shartnoma bo‘yicha boshqa majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim bo‘lgan darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar amalda qonunchilikda belgilanganidek javobgar sanaladilar.







8. SHАRTNOMАNI O‘ZGАRTIRISH VА BEKOR QILISH SH

8.1.Ushbu shartnoma Tomonlar yozma tarzda tuzgan va har ikki Tomon tarafidan imzolangan kelishuvga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin.

8.2.Tomonlar yozma tarzda tuzilgan o‘zaro kelishuvga ko‘ra ushbu Shartnomani bekor qilishga haqli.

8.3.Ushbu shartnoma Tomonlardan birining talabi bo‘yicha sud qaroriga asosan amaldagi qonunchilikka mos ravishda bekor qilinishi mumkin.



9. NIZOLАRNI HАL ETISH

9.1.Ushbu shartnomani bajarish bilan bog‘liq nizolar yuzaga kelganda, Tomonlar ularni muzokaralar va boshqa usullarda kelishish yo‘li bilan hal qilish uchun harakat qiladilar.

9.2.Yuqorida ko‘rsatilgan usullar bilan hal etishning imkoni bo‘lmasa, nizoni hal etish uchun Tomonlarning har biri sudga murojaat etishi mumkin.

10. YAKUNIY QOIDАLАR

10.1.Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan barcha masalalar borasida Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga bo‘ysunadilar.

10.2.Ushbu Shartnoma teng yuridik kuchga ega bo‘lgan ikkita nusxada, Tomonlarning har biri uchun bittadan tuzildi.



11. TOMONLАRNING MАNZILI VА REKVIZITLАRI



Bajaruvchi:


O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi“Intellektual mulk markazi”davlat muassasasi



100011, Toshkentshahri, Xadra mavzesi, 33.

Тел./факс 71-232-50-45; 71-232-50-47

H/r 20210000 4049 3678 3001

OPERU OAK «ALOQABANK»,

MFO 00401, STIR 302105665, OKED18131


Direktor:

B.T.Sagdullayev


M


Buyurtmachi:


















__________________________________


M




_