SIZ INTELLEKTUАL MULK HISOBIDАN BOYISHNI ISTАYSIZMI?

U holda shoshiling, «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi maqbul shartlar asosida qo‘yidagi xizmat turlarini taklif etadi:

Ishlab chiqarilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatni boshqalardan ajralib turishi, farqlanishi va nufuzli brend darajasida bo‘lishini xohlaysizmi?

TOVАR BELGILАRINI RO‘YXАTDАN O‘TKАZING

Tovar belgisiga guvohnoma olish uchun o‘rnatilgan tartibda talabnoma topshirish, ekspertiza xulosalarini kuzatib borish, talabnoma topshiruvchi so‘rovnomalariga javob yozishda ko‘maklashish va tovar belgisini bojxonada ro‘yxatdan o‘tkazishda amaliy yordam berish

Fan, adabiyot, arxitektura va sanʼat asarlariga nisbatan muallif, merosxo‘r yoki huquq egasimisiz?

MUАLLIFLIK HUQUQI OBYEKTLАRINI DEPONENTLАSHTIRING

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlari uchun guvohnomalarni berish va har bir berilgan guvohnomalarni korxona sayti orqali (ipcenter.uz) eʼlon qilib borish;


Sanoatda qo‘llaniladigan tovar yoki buyumning tashqi ko‘rinishini fodalaydigan yangi va o‘ziga xos badiiy konstruktorlik yechim yaratdingizmi?

SАNOАT NАMUNАLАRINI RO‘YXАTDАN O‘TKАZING

Sanoat namunasiga belgilangan tartibda talabnoma topshirishdan oldin kerakli bo‘lgan qidiruv xizmatlarini amalga oshirish va patent olish uchun belgilangangan tartibda talabnoma topshirishda amaliy yordam berish;

Yangi mahsulot yoki usulga taalluqli bo‘lgan texnik yechim(ixtiro) o‘ylab topdingizmi?

IXTIRONI RO‘YXАTDАN O‘TKАZING

Ixtiroga o‘rnatilgan tartibda talabnoma topshirishdan oldin kerakli bo‘lgan analoglarni qidirish xizmatlarini o‘tkazish, davlat patenti olishga o‘rnatilgan tartibda talabnoma topshirishda va Davlat ekspertizasi jarayonida Аgentlik tomonidan yuborilgan ekspertiza so‘rovnomalariga sinchkovlik bilan javob yozishda amaliy yordam berish;

FOYDАLI MODELNI RO‘YXАTDАN O‘TKАZING

Foydali modellarga o‘rnatilgan tartibda talabnoma topshirishdan oldin kerakli bo‘lgan analoglarni qidirish xizmatlarini o‘tkazish, davlat patenti olishga o‘rnatilgan tartibda talabnoma topshirishda va Davlat ekspertizasi jarayonida Аgentlik tomonidan yuborilgan ekspertiza so‘rovnomalariga sinchkovlik bilan javob yozishda amaliy yordam berish;

Yangi dasturiy maxsulot yoki maʼlumotlar bazasi yaratdingizmi?

DАSTURIY MАHSULOT YOKI MАЪLUMOTLАR BАZАLАRINI RO‘YXАTDАN O‘TKАZING

EHM uchun dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi ular yaratilgach yuzaga keladi. Mualliflik huquqi obʼekti bo‘lmagan materiallardan (asarlardan) tarkib topgan maʼlumotlar bazasiga nisbatan mualliflik huquqi maʼlumotlar bazasini yaratgan shaxslarga tegishli bo‘ladi.

Xizmat ko'rsatish va maslahatlar berish bo'limi bilan bog'lanish

TEL: (+998)71-232-50-45; (+99871) 232-50-47
FAKS:(+998)71-232-50-47
Е-mail: ipcenter@ima.uz