Intellektual mulk soxasining faxriysi

28.09.2022

Saidova Tatyana Yevgenevna Intellektual mulk sohasida uzoq yillar davomida xizmat qilgan faxriy. U sohadagi o‘z faoliyatini 1993-yil patent idorasi eksperti lavozimidan boshlagan. Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi rahbariyati tomonidan Tatyana Yevgenevnaning nafaqaga chiqganligi munosabati bilan uning 30 yillik samarali va fidokorona mehnati, intellektual mulk sohasining rivojiga qo‘shgan ulkan hissalari ijobiy baholanib, minnatdorchilik izhor qilindi.

Tatyana Yevgenevnaga uzoq umr, sihat-salomatlik, kelgusidagi rejalariga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

_