“Navoiy” erkin iqtisodiyot zonasida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

30.05.2023

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obʼetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joylardagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʼtkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari tomonidan “Navoiy” erkin iqtisodiyot zonasi TIQQMli hamkorligida “Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish”, “Erkin iqtisodiy zonasida va boshqa tashkilotlarda yaratilgan mulk obyektlarini huquqiy muhofazasi” mavzularida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshligʻi S.Raxmonov hamda Geografik koʻrsatqichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari, EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari bo‘limi boshligʻi A.Urinboyev tomonidan mavzular yuzasidan taqdimotlar qilindi. Seminarda “Navoyi” Erkin iqtisodiy zonasi rezidentlari vakillari va mutahassislar ishtirok etdi. Kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilinib, seminarda ishtirok etgan “Navoyi” Erkin iqtisodiy zonasi rezidentlari vakillari va mutahassislarining o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi hamda taraflar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazlfalar o‘zaro taqsimlab, kelishib olindi.

_