Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi delligatsiyasi ishtirokida Farg’ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

06.06.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarorining 2-ilovasi 17.4-bandi “Istiqbolli geografik ko’rsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga ko’maklashish” ijrosini ta’minlash yuzasidan Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida Farg’ona viloyatida Intellektual mulk bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Tovar belgilari va xizmat ko‘rstish belgilari bo‘limi boshlig‘i S. Abdullayevlar jismoniy va yuridik shaxslarning Intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko’rib chiqish, aholi bilan to’g’ridan to’g’ri va ochiq muloqotni yo’lga qo’yish bo’yicha tadbir ishtirokchilari bilan ochiq muloqot olib borishti. Tadbirda “Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy-taqiqot va boshqa tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazasi”, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlari obyektlarini deponentlashga talabnomalar tayyorlash”, “Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining huquqiy oqibatlari” mavzularida muhokamalar olib borildi. Xususan, mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash, tovar belgilari va xizmat ko‘rstish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish bo’yicha atroflicha ma'lumot berib o'tildi. Tovar belgilari va xizmat ko‘rstish belgilariga talabnoma topshirishda, shuningdek ekpertiza bosqichida talabnomalar bo‘yicha yozishmalarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchilik muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida ishtirokchilarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama tadbirkorlik subyektlari - tadbirkor, hunardmandlar, viloyatning shahar-tuman davlat xizmatlari vakillari ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad subyektlarining intellektual mulk huquqlari muhofazasini ta’minlash bo‘yicha bilimlarini oshirish, kontrafakt mahsulotlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni oshirish, hunarmandlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini muhofaza qilish tizimini yanada rivojlantirishdan iborat.

_