Intellektual mulk markazi vakili Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi hamkorlik forumida ishtirok etdi.

25.07.2023

Joriy yilning 24-iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlar doirasida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi intellektual mulk sohasidagi hamkorlik forumi o‘tkazildi. Forumda Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari intellektual mulk idoralari rahbarlari, Butunjahon intellektual mulk idorasi, shuningdek, Shinjon uyg‘ur avtonom viloyati maʼmuriyati vakillari o‘z nutqlari bilan ishtirok yetishdi. Forumda O‘zbekiston tomonidan Adliya vazirligining delegatsiya tarkibida Intellektual mulk markazi Ixtro va foydalli modellar bo‘limi boshlig‘i Ikrom Toxirovich Аbdukadirov ishtirok etdi.

Forum doirasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti hamda Xitoy Milliy intellektual mulk maʼmuriyati vakillari ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazildi.

_