Markaz xodimlari “Intellektual mulk siyosati va texnologiyalar transferi” bo‘yicha seminarda ishtirok etdi.

25.07.2023

2023 yilning 24-25 iyul kunlari АQShning O‘zbekistondagi yelchixonasi tomonidan “Intellektual mulk siyosati va texnologiyalar transferi” bo‘yicha 2 kunlik seminar tashkillashtirildi va unda quyidagi mavzular o‘rin oldi: “Ixtirolar va intellektual mulkni boshqarish”; “Аmaliy tadqiqotlar bo‘yicha guruh ishi”; “Kornell universiteti vakili Richard Cahoon bilan savol-javob sessiyasi”; “Intellektual mulk huquqlarini “PSRI”dan xususiy sektorga samarali o‘tkazish uchun asos yaratish”; “Texnologiyalar transferi va davlat-xususiy sheriklik”.

Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini taʼminlash juda muhim. Shu sababdan bu yigʼilishda Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasi xodimlari ham ishtirok etdi. Xodimlar bu ikki kunlik anjumanda o‘ta kerakli bilimlarga ega bo‘lishdi va tadbir so‘ngida maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

_