Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

07.09.2023

Joriy yilning 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi «Fizika-Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-Texnika instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi S.Y.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimiyosi institutlari huzuridagi Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlarida «Intellektual mulk markazi» DM xodimlari ko‘makligida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirovlar "Talabnomalarni shakllantiirish tartiblari, patent olish uchun ip.idliya tizimi orqali talabnomalar topshirish", "Talabnomalarni ekspertiza jarayonlaridan o‘tkazish tartiblari" mavzusida ma’ruzalar bilan chiqishdi. Seminar muassasa vakillari, professor-o‘qituvchilar, doktarantlar, iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar barcha qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

_