Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida oliy ta’lim muassasalarida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari bilan hamkorlik doirasida navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

08.09.2023

Joriy yilning 8 sentabr kuni Toshkent kimiyo-texnologiya va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutlari huzuridagi Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarida «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi xodimlari hamkorligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi. Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov va Geografik koʻrsatqichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari, EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari boʻlimining bosh maslahatchisi B.Abbasovlar tomonidan «ip.adliya.uz» tizimi orqali intellektual mulk obyektlarida talabnomalarni shakllantiirish tartibi, patent olish uchun talabnoma topshirish", "Talabnomalarni ekspertiza jarayonlaridan o‘tkazish", "Sanoat namunasini huquqiy muhofazasi, talabnomalarni topshirish va ekspertizasini olib borish" mavzularida maʼruzalar qilindi.

Seminar o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad professor-o‘qituvchilarning intellektual mulk sohasida malakasini oshirish, yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, tijoratlashtirish, shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq fikr va tajriba almashishdan iborat. Suhbat davomida tinglovchilar yangi “ip.adliya.uz” tizimidan samarali foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari maqsadida, ushbu tizim orqali talabnoma topshirishning alohida jihatlari haqida ko‘rgazmali ravishda namoyish qilib berildi.

_