Intellektual mulk markazi xodimlari Adliya spartakiyadasida ishtirok etidilar.

10.09.2023

Joriy yilning 8-10-sentabr kunlari jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadlarida “Olmos” konvension markazida Adliya spartakiadasi oʻtkazildi. Ushbu musobaqada Adliya vazirligining O‘zarxiv, Personallashtirish agentliklari va adliyaning 7 ta muassasalaridan 81 nafar ishtirokchi sportning 9 turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Spartakiada natijalariga koʻra, muassasa xodimlari “Arm wrestling” boʻyicha musobaqa 1-oʻrin, “Yugurish” boʻyicha erkaklar musobaqasida 1-oʻrin, “Badminton” boʻyicha ayollar musobaqasida 2-oʻrin, “Shashka” boʻyicha ayollar musobaqasida 3-oʻrinlarni egallab, sovrindorlar safidan o ‘rin oldilar hamda umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladilar.

_